Pokistonda oila qurmoqchi bo‘lgan erkaklar uchun tom ma’noda kelinlar bozori bor. Kelinlarning narxi ikki ming dollargacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi. Shuncha puli bor kuyov bemalol 18 yoshli kelinni tanlab oila qurishi mumkin.
18 yoshdan oshgan qizlarini «kelin bozorga» ko‘pincha ularning ota-onasi, yaqin qarindoshlari olib chiqishadi.
Hozir bu bozorning eng potensial xaridorlari xitoyliklar bo‘lmoqda. Xitoyliklar to‘p-to‘p bo‘lib kelishib qizlarni kelinlikka sotib olishmoqda.