Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

"Kavkaz asirasi" yulduzi Moskvadagi kasalxonaga yotqizildi

"Kavkaz asirasi" yulduzi Moskvadagi kasalxonaga yotqizildi

Mashhur sovet aktrisasi Natalya Varli Moskvadagi kasalxonaga yotqizildi.

Bu haqda 112 Telegram-kanali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, bunga qo‘lidagi qattiq og‘riq sabab bo‘lgan. "Kavkaz asirasi" filmining yulduzi qo‘lda jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi: og‘riqni yo‘qotish uchun endoskopik dilatasiya amalga oshirildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa shifokorlarga o‘zi murojaat qilgan.

Ta’kidlanishicha, bunday qo‘l og‘rig‘i odatda shikastlanish yoki kompyuterda uzoq vaqt ishlaganda yuzaga keladi.

Kiritildi: Bugun 11:45. O'qildi: 1288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!