Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Tpamp va Zelenskiy uchrashuvdan oldin qo‘shma matbuot anjumanini o‘tkazishdi

Tpamp va Zelenskiy uchrashuvdan oldin qo‘shma matbuot anjumanini o‘tkazishdi

AQSh prezidenti Zelenskiyni "ko‘p narsani boshidan kechirgan juda kuchli yetakchi" deb atadi va "biz bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz", dedi. Shuningdek, u Zelenskiyning kostyumini maqtadi: "Siz bu kostyumda juda zo‘r ko‘rinyapsiz — juda zamonaviy".

Donald Trampning boshqa bayonotlar:

◾️ Kecha Putin bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotimni Zelenskiy bilan muhokama qilaman;

◾️ Vladimir Putin urushni tugatmoqchi. Prezident Zelenskiy ham urushning tugashini istaydi. Endi biz buni amalga oshirishimiz kerak;

◾️ Rossiya hududining ichkarisiga zarba berish eskalasiya hisoblanadi, biroq bu masalani Zelenskiy bilan muhokama qilamiz;

◾️ Vengriyadagi Rossiya–AQSh sammiti ikki tomonlama formatda o‘tkaziladi, ammo Zelenskiy men bilan aloqada bo‘lib turadi;

◾️ Vengriya Putin bilan uchrashuvimiz uchun eng maqbul va xavfsiz mamlakat;

◾️ Ukrainada ham Yaqin Sharqdagidek tinchlikka erishishimiz lozim;

◾️ Bizga Tomahawk'lar va Ukrainaga yuborilayotgan boshqa ko‘plab qurollar kerak. Bu urushni tugatishni istashimizning sabablaridan biri. Umid qilamanki, biz Tomahawk'lar haqida o‘ylamasdan ham bu urushni tugata olamiz. Biz bunga juda yaqinmiz;

◾️ AQSh Ukrainadan dronlar sotib olishdan manfaatdor. Ammo hech narsa qiruvchi samolyotlar bilan tenglasha olmaydi;

◾️ Xitoyga qarshi yangi boj stavkalarini joriy etish haqida o‘ylayapman. 1 noyabrdan kuchga kiradigan bojlar 100 foiz o‘rniga 157 foiz bo‘lishi mumkin;

◾️ Hindiston endi Rossiya neftini sotib olmaydi;

◾️ Ispaniya hech qason NATO'ga sodiq bo‘lmagan. Menimcha, unga tanbeh berish kerak.

Kiritildi: 23:35 17.10.2025. O'qildi: 1142 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!