Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp Zelenskiyga Tomahawk qurollarini bermasligini aytdimi?

Tramp Zelenskiyga Tomahawk qurollarini bermasligini aytdimi?

17 oktyabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyga Kiyevga uzoq masofali Tomahawk raketalarini yetkazib berish niyatida emasligini aytdi.

Bu haqda Axios nashriga uchrashuvdan xabardor ikki manba ma’lum qilgan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Tramp hozir uning ustuvor yo‘nalishi diplomatiya ekanligini va uning fikricha, Tomahawkni yetkazib berish bu sa’y-harakatlarga putur yetkazishi mumkin.

Manbalardan biri uchrashuv “og‘ir bo‘lganini” ta’kidlagan bo‘lsa, ikkinchisi shunchaki “yomon bo‘ldi” deb aytdi.

"AQShning mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha hozirgi taklifi urushni front chizig‘ini muzlatish orqali tugatishdir", deb ta’kidlaydi manba.

Tramp Truth Socialdagi postida mojaroni muzlatish haqida ham aytib o‘tgan.

"Rossiya va Ukraina turgan joyida to‘xtashlari kerak. Ikkala tomon ham g‘alaba qozonsin, tarix hukm qilsin”, - deya ta’kidladi AQSh prezidenti.

Kiritildi: Bugun 10:15. O'qildi: 927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!