Portugaliya terma jamoasidan 30 kunga chetlatilgan Krishtianu Ronalduga tayinlangan pul jarimasi uning "An-Nasr"dagi daromadi bilan solishtirilganda juda kichik miqdorni tashkil etadi.
Sentyabr oyi oxirida milliy jamoa qarorgohini tark etgan futbolchining ishini Portugaliya futbol federasiyasi intizom qo‘mitasi ko‘rib chiqdi. Jorje Jezush bilan bog‘liq kelishmovchiliklar fonida yuz bergan ushbu voqeadan so‘ng Ronaldu 30 kunlik diskvalifikasiya va 255 yevro jarima bilan jazolandi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida yiliga 208,4 million yevro maosh oladi.
Ushbu raqamdan kelib chiqilsa, Ronalduning har bir soniyaga to‘g‘ri keladigan daromadi taxminan 6,6 yevroni tashkil qiladi.
Demak, portugaliyalik yulduz 255 yevrolik jarima miqdoridagi pulni ishlab topishi uchun bor-yo‘g‘i 39 soniya kifoya.
Eslatib o‘tamiz, Ronalduning "Al-Nasr" bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.