Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Polymarket «Oltin to‘p» uchun asosiy favoritni e’lon qildi

Polymarket «Oltin to‘p» uchun asosiy favoritni e’lon qildi

Polymarket platformasi 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng «Oltin to‘p» sovrini uchun koeffisiyentlarni yangiladi.

Platforma foydalanuvchilariga ko‘ra, nufuzli sovrinni qo‘lga kiritish uchun asosiy favorit Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal hisoblanadi. Uning g‘olib bo‘lish ehtimoli 51 foizga baholanmoqda.

Ikkinchi o‘rinda Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn joylashgan bo‘lib, uning imkoniyatlari 27 foiz deb baholangan.

Keyingi o‘rinlarni Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi (8 foiz) va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe (4 foiz) egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati finalida Argentinani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.

Kiritildi: 12:47 20.07.2026. O'qildi: 1244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!