Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy AQShning Rossiya-Ukraina urushiga munosabati o‘zgarganini aytdi

Zelenskiy AQShning Rossiya-Ukraina urushiga munosabati o‘zgarganini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShning Rossiya-Ukraina urushiga nisbatan munosabati o‘zgarganini ma’lum qildi. U bu haqda Ukraina Mustaqillik kuni munosabati bilan xalqqa yo‘llagan tabrigida gapirdi.

«AQShda Rossiya haqiqatan ham bu urushni tugatishni xohlayaptimi, degan masalada barcha illyuziyalar yo‘qolganidan xursandman. Amerikada Rossiyaga nisbatan barcha qarama-qarshiliklar va qo‘rquvlar ham yo‘qolishiga ishonaman», — dedi Zelenskiy.

Ukraina rahbarining fikricha, Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tirishga majburlash uchun unga nisbatan sanksiya bosimini kuchaytirish zarur. Shuningdek, u mojaroni yakunlash uchun Ukrainaga xalqaro yordamni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.

Zelenskiy Ukraina mudofaa-sanoat majmuasining ahamiyatiga ham to‘xtalib, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan «Flamingo» raketalarini alohida qayd etdi. Ukraina tomoni ushbu raketalardan Rossiya hududidagi uzoq masofada joylashgan ob’ektlarga zarba berishda foydalanganini avval ham ma’lum qilgan.

Shuningdek, Zelenskiy Ukrainada raketa va dronlar ishlab chiqarish sur’atini oshirish zarurligini bildirdi. U Rossiyaning harbiy salohiyati va logistika imkoniyatlarini kamaytirish Kiyev strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 14:02 24.08.2026. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!