Amerikalik UFC jangchisi Shon Bredi qozog‘istonlik Shavkat Rahmonovning oktagonga qayta olishiga ishonmayapti.
"Shavkat yana jang qiladi deb o‘ylamayman. Menimcha, u faoliyatini tugatdi. Chunki har safar qaytishga uringanida, tizzasi yana pand bermoqda va to‘liq mashg‘ulot yig‘inidan o‘ta olmayati.
Rahmonov oxirgi marta oktagonga chiqqanidan beri aql bovar qilmas qiyinchiliklarni boshidan kechirdi. U jarohati tufayli chempionlik jangini o‘tkazib yubordi, oilasi dahshatli avariyaga uchradi, ajrashishni boshdan kechirdi, yana tizzasini jarohatlab, jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi va qozog‘istonlik OAV ma’lumotlariga ko‘ra, otasidan ayrildi. Shavkatning hayotidagi juda og‘ir davr kechmoqda..." – dedi Bredi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Rahmonov oxirgi bor 2024 yil 7 dekabr kuni Ian Garriga qarshi jang o‘tkazib, yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongandi.