«Paxtakor» muxlislari uchun noxush xabar paydo bo‘ldi. Jurnalist Tolibjon Qosimovning ma’lumotiga ko‘ra, klub homiysi Jahongir Ortiqxo‘jayev jamoadan ketishi haqida bayonot berishi mumkin.
Manbaning ta’kidlashicha, so‘nggi uchrashuvda «Paxtakor»ning goli inobatga olinmagani va bu qaror ortidan kelib chiqqan shov-shuvlar Ortiqxo‘jayevning noroziligiga sabab bo‘lgan.
«Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu holat klub homiysi Jahongir Ortiqxo‘jayevning sabr kosasini to‘ldirgan», — deb yozdi Tolibjon Qosimov.
Agar Ortiqxo‘jayev haqiqatan ham «Paxtakor» boshqaruvi va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashidan voz kechsa, bu klub kelajagiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.