Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Polsha Ukrainadan Germaniya kabi kechirim so‘rashni kutmoqda

Polsha Ukrainadan Germaniya kabi kechirim so‘rashni kutmoqda

Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ignasi Nemchiskiy Ukraina Polsha oldida tarixiy voqealar uchun kechirim so‘rashi kerakligini bildirdi. U bu borada Germaniya tajribasini misol qilib keltirdi.

«Men uchun "uzr so‘raymiz" va "kechirim so‘raymiz" degan iboralar bir-biriga juda yaqin», — dedi Nemchiskiy Polsha televideniyesi efirida.

Diplomatning ta’kidlashicha, Polsha va Germaniya Ikkinchi jahon urushi davridagi og‘ir tarixiy voqealarga qaramay, o‘zaro tushunishga erisha olgan.

«Hatto tarixi murakkab bo‘lgan qo‘shnimiz Germaniya bilan ham o‘zaro tushunishga erishdik. Bu, aslida, "kechiring va biz ham kechirim so‘raymiz" degan ruhda amalga oshdi», — dedi Polsha TIV rahbari o‘rinbosari.

Varshava va Kiyev munosabatlarida tarixiy xotira, xususan Volin voqealari masalasi ko‘p yillardan beri bahsli mavzulardan biri bo‘lib kelmoqda. Polsha tomoni ushbu voqealar bo‘yicha Ukrainadan aniq siyosiy va tarixiy baho kutib keladi.

Kiritildi: 13:53 24.08.2026. O'qildi: 723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!