Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

OAV: Lamin Yamal sevgilisi bilan birga yashashni boshladi

OAV: Lamin Yamal sevgilisi bilan birga yashashni boshladi

«Barselona» futbolchisi Lamin Yamal va uning sevgilisi Ines Garsia o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

Jurnalist Sandra Aladroning ma’lum qilishicha, bloger Ispaniya terma jamoasi yulduzining uyiga ko‘chib o‘tgan.

«U Talavera-de-la-Reynadagi uyini tark etib, Laminning oldiga ko‘chib o‘tdi. Ular juda baxtli. Lamin uning butun oilasini taniydi va ularni tug‘ilgan kuniga ham taklif qilgan. U Inesni aqldan ozar darajada sevib qolgan», — dedi Aladro «Vamos a ver» dasturida.

Ayni paytda Yamal Jerar Pike va Shakira avval yashagan qarorgohda istiqomat qilmoqda.

«Bu uy bir nechta oila yashashi uchun moslashtirilgan. Deyarli har kuni uning oldiga amakivachchasi yoki boshqa qarindoshlaridan biri mehmon bo‘lib keladi. Ehtimol, uning maqsadi barcha yaqinlarini atrofida jamlashdir», — deya qo‘shimcha qildi Aladro.

Kiritildi: Bugun 12:16. O'qildi: 896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!