Bugun 2 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Polshadagi jiddiy YTH sabab futbolchi reanimasiyaga tushib qoldi, singlisi esa vafot etdi

Polshadagi jiddiy YTH sabab futbolchi reanimasiyaga tushib qoldi, singlisi esa vafot etdi

Diogu Jota bilan bog‘liq fojia tufayli dunyo hali o‘ziga kelishga ulgurmay, yana bir avtomobil hodisasi sodir bo‘ldi - bu safar Polshada. Mahalliy "Legiya" jamoasining 17 yoshli yosh futbolchisi singlisi bilan avariyaga uchradi. Singlisi halok bo‘ldi, u esa hozir reanimasiya bo‘limida, shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, Ksaveri Yezevski Toyota Yaris rusumli avtomobilida bo‘lgan, mashina daraxtga kuchli urilish oqibatida butunlay pachoq bo‘lgan. Polisiya hodisa tafsilotlarini hali-hanuz o‘rganmoqda va halokat yuz bergan paytda avtomobilni kim boshqarganini aniqlay olmagan.

Kiritildi: 15:42 06.07.2025. O'qildi: 739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!