Polityka materialida qayd etilishicha, Polsha go‘yoki uzoq masofadan turib Rossiya hududidagi nishonlarni yo‘q qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat qo‘shinlari Bosh shtabi boshlig‘i Veslav Kukula Qurolli Kuchlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi konsepsiyani taqdim etgan.
Bu konsepsiyada "Polsha Rossiya kuchining muhim nuqtalari va resurslariga uzoqdan zarba bera oladigan kuch sifatida tasavvur qilinadi." Shu bilan birga, nashrning ta’kidlashicha, hujum sodir bo‘lgan taqdirda Moskvaning reaksiyasi o‘zini kuttirmaydi.