Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Polsha prezidentining "hududdan ayrilish" haqidagi so‘zlari bahsga sabab bo‘ldi

Polsha prezidentining "hududdan ayrilish" haqidagi so‘zlari bahsga sabab bo‘ldi

Polsha bosh vaziri Donald Tusk mamlakat prezidenti Karol Navroskiyning hududiy yo‘qotishlar haqidagi bayonotiga keskin munosabat bildirdi.

17 sentyabr kuni Polsha prezidenti devoni X ijtimoiy tarmog‘ida Navroskiyning Vlodava shahrida so‘zlagan nutqidan iqtibos e’lon qildi.

"Biz hududlarni yo‘qotishimiz mumkin, ammo hech qachon ruhimizni yo‘qotmaydigan xalqmiz. Biz hududdan ayrilishimiz mumkin, ammo Vatanimizni hech qachon bermaymiz", — dedi Navroskiy.

Shundan so‘ng Tusk prezidentga ushbu postni o‘chirishni taklif qildi.

"Janob prezident, bu postni o‘chirishni taklif qilaman. Biz hududimizning bir qarichini ham berish niyatida emasmiz", — deb yozdi Tusk X tarmog‘ida.

Navroskiy keyinchalik Tuskka javob qaytarib, o‘z so‘zlari 1939 yil 17 sentyabrda Sovet Ittifoqining Polshaga bostirib kirishi munosabati bilan aytilganini ta’kidladi. U Polsha o‘sha paytda hududlaridan ayrilgan bo‘lsa-da, Vatanini yo‘qotmaganini qayd etdi.

Kiritildi: 23:53 17.09.2026. O'qildi: 1005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!