Foot Mercato nashrining ma’lum qilishicha, Pol Pogbaga "Al-Ittihod" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Pogba futbolga qaytishga ruxsatni mart oyidayoq, doping tufayli to‘rt yillik diskvalifikasiya muddati 18 oyga qisqartirilgandan keyin olgandi. Biroq, futbolchi haligacha yangi klub topgani yo‘q.
Ma’lumki, "Monako" ikki haftadan buyon yarim himoyachi bilan muzokara olib bormoqda. Va garchi muloqot davom etayotgan bo‘lsa-da, klubda ehtimoliy shartnoma imzolanishiga nisbatan optimizm saqlanib qolgan bo‘lsa-da, Pogba boshqa taklifni kutayotganga o‘xshaydi - xususan, Saudiya Arabistonidan.
Bunday taklif fransuzning xizmatlaridan manfaatdor bo‘lgan "Al-Ittihod" varianti bo‘lishi mumkin. Saudiya klubida sport direktori yo‘qligi sababli hali rasmiy so‘rov bo‘lmagan, ammo shunga qaramay, dastlabki aloqalar allaqachon o‘rnatilgan.