"Barselona" klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jerar Pike Ispaniya Superkubogi mezbonligini Saudiya Arabistoniga topshirishdagi korrupsiya ishi bo‘yicha sudda so‘zga chiqdi, deb yozadi El Pais.
14 mart kuni Pike sudda so‘zga chiqdi. Uning himoyachisi agentlik tomonidan olingan barcha to‘lovlar qonuniy bo‘lganini ta’kidlamoqda. Sud yakunida sobiq futbolchi yig‘lab yubordi va bu ish uning obro‘siga putur yetkazganini aytdi.
Ispaniya Qirollik Futbol Federasiyasi (RFEF) 2019 yilda Saudiya Arabistoni bilan Ispaniya Superkubogini o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Bitimda Pike boshchiligidagi Kosmos agentligi vositachilik qilgan.
Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisiga 4 million yevro miqdorida shartnoma bo‘yicha komissiya to‘lovlarini olgani uchun ayblov e’lon qilindi.