Eron oliy rahbari Mo‘jtabo Xomanaiy mamlakat rahbariyatiga AQSh bilan munosabatlardagi noaniqlikka barham berishni topshirdi.
Bu haqda Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian ma’lum qildi.
«Oliy rahbar urush ham, tinchlik ham bo‘lmagan vaziyatdan chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi», — dedi u.
Pezeshkian, shuningdek, Tehron muzokaralarga tayyor ekanini ta’kidlab, Eron mojaroni munosib tarzda yakunlashdan manfaatdor ekanini bildirgan.
Ushbu bayonotlar fonida Amerika ommaviy axborot vositalarida AQSh ma’muriyatida Eronga qarshi harbiy operasiyani qayta boshlash masalasida kelishmovchiliklar mavjudligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
Kuch ishlatish ssenariysi tarafdorlari yangi harbiy operasiyani yanvar oyi boshlanishidan oldin o‘tkazish maqsadga muvofiq, deb hisoblamoqda. Chunki shu vaqtdan boshlab yangi chaqiriqdagi Kongress o‘z faoliyatini boshlaydi va unda respublikachilar ko‘pchilik o‘rinlarni boy berishi mumkin.