Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning havo mudofaa tizimlari har qanday sharoitda ham yuqori samaradorlik bilan ishlayotganini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, so‘nggi dron va raketa hujumlari vaqtida ham havo hujumidan mudofaa vositalari o‘z vazifasini muvaffaqiyatli bajargan.
Peskov shuningdek, jamoatchilikka Rossiya tomonidan Ukraina hududidagi harbiy va infratuzilma ob’ektlariga berilgan zarbalar oqibatlari aks etgan kadrlarga ham e’tibor qaratishni tavsiya qildi. Uning fikricha, mojaro haqida xulosa chiqarishda barcha tomonlardan kelayotgan ma’lumotlarni inobatga olish muhim hisoblanadi.