Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSh yetakchisi Donald Tramp va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan uch tomonlama uchrashuv jahon hamjamiyati uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Kreml vakilining ta’kidlashicha, uch davlat rahbarining ehtimoliy muzokaralari butun dunyo e’tiborini o‘ziga qaratishi shubhasiz.
«Bu uchrashuv butun dunyo e’tiborini tortishi aniq. Shuningdek, uning nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekani ham tushunarli», — dedi Peskov.