«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining YECHL 1/8 finali chiqish imkoniyatlarini baholadi.
«Shaharliklar» o‘tish bosqichida o‘z maydonida «Real»ga (2:3) yutqazishdi. Javob bellashuvi 19 fevral kuni Madridda o‘tkaziladi.
«Hamma «Bernabeu»da g‘alaba qozonishimiz kerakligini tushunib turibdi. Ammo siz o‘yindan oldin keyingi bosqichga chiqishimiz ehtimoli haqida so‘rasangiz, men bilmayman, bu minimaldir. 1% deb ayta olaman. Lekin agar imkoniyat bo‘lsa, albatta, harakat qilamiz», — deydi ispaniyalik mutaxassis.
Bukmekerlar esa APL chempionining keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini 19 foiz deb baholamoqda.