AQSh Xitoy bilan texnologik raqobatda mag‘lub bo‘lishi mumkin. Bunday ehtimolni Pentagonning tadqiqot va muhandislik ishlari bo‘yicha yuqori lavozimli rasmiysi Emil Maykl istisno qilmadi.
Maykl 25 avgust kuni Vashingtonda Breitbart tomonidan tashkil etilgan sun’iy intellektga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi. U AQSh mudofaa tizimini zamonaviy texnologiyalar, jumladan sun’iy intellekt asosida tezroq yangilash zarurligini ta’kidladi.
Uning fikricha, Xitoyning texnologik sohada yetakchilikni qo‘lga kiritishi AQShning nafaqat iqtisodiy, balki harbiy ustunligiga ham jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Maykl avval ham AQShning sun’iy intellekt, kvant texnologiyalari va boshqa strategik yo‘nalishlarda raqiblaridan ortda qolmasligi zarurligini aytgan.
"XXI asrda vaziyat boshqacha rivojlanadi", — dedi Maykl.