Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

S.A. ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, uning harakatlari oqibatida davlat byudjetiga 5 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Mazkur shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan xalqaro qidiruvga berilgan.

S.A. tegishli tergov va prosessual harakatlarni davom ettirish uchun O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Tomonlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni javobgarlikka tortish yo‘nalishida davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 22:45 20.09.2026. O'qildi: 495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!