Bu haqda O‘zbekiston Milliy Antidoping agentligi ma’lum qildi.
"Og‘ir atletika federasiyasi sportchisi Bekmurzayev Nurmuhammaddan 2026 yil 30 martda musobaqa davrida olingan doping sinamasida Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan moddalar ro‘yxatining S1.1. Anabolik Androgen streoidlar (doimiy taqiqlangan moddalar) guruhiga mansub drostanolone va tranbolone moddalari aniqlangan.
N.Bekmurzayev antidoping qoidabuzarligiga e’tiroz bildirmagan va belgilangan oqibatlarni qabul qilgan. Dastlab 4 yil etib belgilanishi mumkin bo‘lgan diskvalifikasiya muddati qoidabuzarlikni erta tan olgani sababli WADA kodeksining 10.8.1 moddasig ko‘ra 1 yilga qisqartirilib, 3 yil etib belgilangan. Diskvalifikasiya muddati 2026 yil 15 apreldan 2029 yil 14 aprelgacha davom etadi", deyiladi tashkilot xabarida.
Nurmuhammad 2024 yilgi O‘zbekiston kubogi sovrindoriga aylangandi.