AQSh Mudofaa vaziri Pit Xegsetning maslahatchisi Den Kolduell ma’lumotlarning sizib chiqishi uchun ma’muriy ta’tilga chiqarilgan.
Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
AQSh rasmiysi agentlikka ma’lum qilishicha, Kolduell seshanba kuni Mudofaa vazirligidagi ma’lumotlarning sizib chiqishini tekshirish paytida aniqlanganidan keyin Pentagondan chetlashtirilgan.
Manbaning aytishicha, Kolduell "ma’lumotni ruxsatsiz oshkor qilgani" uchun ma’muriy ta’tilga chiqarilgan. Agentlik manbasi sizib chiqqan ma’lumotlarning mohiyatini aniqlamadi. Shuningdek, u tergov davom etayotganini aytdi.
Aprel oyi boshida Pentagonning Bosh inspektorlik idorasi Signal messenjerida AQShning Yamandagi harbiy zarbalari haqidagi ma’lumotlar sizib chiqqani bo‘yicha tekshiruv boshladi. Ofisning ta’kidlashicha, tekshiruvdan maqsad mudofaa kotibi va Pentagonning boshqa rasmiylari tijorat maqsadlarida xabar almashish ilovalaridan foydalanish qoidalari va tartiblariga qay darajada rioya qilganliklarini aniqlashdan iborat.