Nashr bu haqda Xitoy Markaziy televideniyasiga (CCTV) tayanib xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, Xitoy sohil qo‘riqlash xizmati “dengiz nazorati”ni amalga oshirib, Sendi-Key orolida suveren yurisdiksiyani o‘rnatgan, ya’ni, u yerga Xitoy bayrog‘i o‘rnatilgan.
"Bu so‘nggi yillar ichida Pekin Janubiy Xitoy dengiziga da’vo qilayotgan va ilgari egallanmagan hududga rasmiy ravishda o‘z bayrog‘ini o‘rnatgan birinchi holat bo‘ldi. Mazkur harakat Filippin va AQSh o‘rtasidagi harbiy mashg‘ulotlar boshlanishi arafasida sodir bo‘ldi. Mashg‘ulotlar keyingi haftada boshlanishi rejalashtirilgan", deb yozadi FT.
Xitoy egallagan orolchaning maydoni atigi 200 kvadrat metrdan biroz oshiq bo‘lsa-da, xalqaro dengiz huquqiga ko‘ra, Pekin ushbu orol atrofidagi 12 dengiz mili (taxminan 22 kilometr) radiusdagi hudud ustidan ham nazorat huquqini qo‘lga kiritishi mumkin. Bu esa Filippin Xitoy harakatlarini kuzatish uchun foydalanadigan Titu orolining suveren hududi bilan keshishishini anglatadi.
Hozircha Sendi-Keyda Xitoyning doimiy okkupasiyaci yoki qurilish ishlarini boshlaganiga oid belgilar yo‘q. Filippin tomoni esa xitoylik sohil qo‘riqchilari bayroq o‘rnatgandan so‘ng hududni tark etganini ma’lum qildi.