Xitoy ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida KXDR bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor.
CCTV+ telekanali xabar berishicha, bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Go Szyakun KXDR rahbari Kim Chen Inning shanba kuni Xitoyning Dandun shahriga tashrifi haqidagi savolga javob berar ekan, ma’lum qilgan.
«Xitoy va KXDR do‘stona munosabatlarga ega davlatlardir. Ikki tomonlama munosabatlarni saqlash, mustahkamlash va rivojlantirish Xitoy Kommunistik partiyasi hamda Xitoy hukumatining doimiy strategik siyosati bo‘lib kelgan.
Xitoy ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan muhim kelishuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish maqsadida KXDR bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor», — dedi u.
KXDR rahbari shanba kuni ikki davlatni bog‘lovchi Yaluszyan daryosi ustidan yaqinda ochilgan ko‘prik orqali Xitoyning Dandun shahriga bir kunlik tashrif bilan kelgan.
Tashrif doirasida u avtomobilsozlik zavodiga ham borgan.