Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Pedri "Barselona"ga "Real"ning qaysi yulduzini olib kelishni istashini aytdi

Pedri "Barselona"ga "Real"ning qaysi yulduzini olib kelishni istashini aytdi

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri "Real" futbolchilari orasida qaysi birini "ko‘k-anorranglilar" safida ko‘rishni istashini ma’lum qildi, shuningdek, Kilian Mbappe yoki Vinisius Junior bilan tezlik borasida umuman bellasha olmasligini tan oldi.

Ispaniyaning "El Hormiguero" teleshousida jamoadoshi Ferran Torres bilan mehmon bo‘lgan Pedriga: "Agar imkoniyat berilsa, Madridning qaysi yulduzini "Barselona"ga olib kelgan bo‘lardingiz?" — degan savol berildi.

U darhol Ferranga yuzlandi va ikkalasi ham bir ovozdan: "Ha, Mbappe", — deya javob berishdi.

Tezlik bahsida qaysi raqibga qarshi to‘qnash kelishni istamasligi haqidagi savolga Pedri yana o‘sha ikki futbolchini ko‘rsatdi. "Tezlik borasidagi duelda kimga qarshi o‘ynashni istamayman?

Deyarli hammaga, chunki men biroz sekinman", — dedi u kulib.

"Mbappe, Vinisius. Ha, to‘p Vinisius Juniorga borib tushganda, faqat duo qilishdan boshqa chora qolmaydi. U mendan uch baravar tezroq yuguradi".

Kiritildi: Bugun 14:37. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!