Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

«Paxtakor» Elit OCHLda hozirgacha qancha daromad topgani ma’lum

«Paxtakor» Elit OCHLda hozirgacha qancha daromad topgani ma’lum

Ilk bor tashkil etilgan Elit Osiyo Chempionlar Ligasida qatnashgan «Paxtakor» 1/8 finalga yo‘llanma qo‘lga kiritdi.

Xo‘sh, klub hozirgacha qancha daromad qildi? Bu masalaga taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev oydinlik kiritdi. (https://t.me/ANikimbaev/9288)

Guruh bosqichidagi ishtirok uchun 800 000, har bir g‘alabaga 100 000 dollar, 1/8 final yo‘llanmasi uchun esa 200 000 dollar beriladi. Demak, turnirda bir g‘alaba bilan nimchorakfinalga chiqqan «sherlar» 1 100 000 dollar ishlab topishdi.

- 800 000 — guruh bosqichidagi ishtirokka
- 100 000 — «As Sadd» (2:1) ustidan g‘alabaga
- 200 000 — 1/8 finalga chiqqani uchun

Buyog‘iga raqamlar kattalashib boradi. Chorakfinal yo‘llanmasiga — 400 000 dollar, yarimfinalga — 600 000 dollar, finalchiga — 4 mln dollar, g‘olibga esa 10 mln dollar beriladi.

Kiritildi: 18:20 18.02.2025. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!