Toshkentning "Paxtakor" klubi yozgi transfer oynasida o‘z legioneri bilan xayrlashmoqchi.
Xabarlarga ko‘ra, "sherlar" braziliyalik markaziy yarim himoyachisi Jonatan Lukka bilan qishgacha mo‘ljallangan amaldagi shartnomani bekor qilish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Lukka toshkentliklar safida jami 9 ta o‘yinda maydonda 790 daqiqa harakat qildi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.