Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Pastdarg‘om tumanida noqonuniy dori vositalari yo‘q qilindi

Pastdarg‘om tumanida noqonuniy dori vositalari yo‘q qilindi

Majburiy ijro byurosi Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan sud hujjatlari ijrosini ta’minlash doirasida noqonuniy va sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yo‘q qilish ishlari amalga oshirildi.

Jami 13 ta sud hujjatlariga asosan, 38 turdan ziyod hamda umumiy qiymati 113,4 million so‘mdan ortiq bo‘lgan sifati kafolatlanmagan dori-darmon vositalari, jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida e’tirof etilgan ashyolar va boshqa tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda yo‘q qilish belgilangan edi.

Mazkur ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli ijro harakatlari tashkil etildi. Jarayon keng jamoatchilik vakillari, mutasaddi tashkilotlar hamda holislar ishtirokida o‘tkazilib, noqonuniy dori vositalari belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Kiritildi: Bugun 13:44. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!