Armaniston hukumati Rossiya bilan Armaniston temir yo‘llarini konsessiya boshqaruvi bo‘yicha kelishuvni bekor qilishi mumkin.
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bu haqda Infocom TV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Hukumatda (Rossiya bilan) konsessiya shartnomasini bekor qilish uchun vositalar, hatto asoslar ham bor. Vaqti kelganda, biz bu haqda gaplashamiz", dedi Pashinyan. "Agar biz bugun konsessiya shartnomasini bekor qilish bo‘yicha siyosiy qaror qabul qilsak, buning uchun huquqiy asos mavjud".
Shu bilan birga, Armaniston bosh vaziri temir yo‘l masalasida "ultimatumlar"dan foydalanish niyatida emasligini qo‘shimcha qildi. U Rossiya konsessiya huquqlarini ham Rossiya, ham Armaniston uchun maqbul bo‘lgan uchinchi davlatga o‘tkazishni taklif qildi.
Armanistondagi temir yo‘llar qonuniy ravishda hukumatning mulki hisoblanadi, ammo ularni boshqarish Janubiy Kavkaz temir yo‘liga (Rossiya temir yo‘llarining sho‘’ba korxonasi) o‘tkazilgan. Temir yo‘l 2008 yilda imzolangan 30 yillik konsessiya shartnomasi asosida boshqariladi. Mart oyi boshida Armaniston bosh vaziri Rossiya bilan temir yo‘lni boshqarishni Qozog‘iston, BAA yoki Qatar kabi boshqa davlatga o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini e’lon qildi. Rossiya transport vazirligi konsessiya o‘tkazish bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib borilmaganligini ma’lum qildi.