Fransiyada ommaviy namoyishlar davom etmoqda. Parijdagi chiqishlar yanada keskinlashib, namoyishchilar polisiya xodimlariga pirotexnika vositalarini uloqtirmoqda.
Norozilik namoyishlari o‘tgan oy Parijning shimoliy qismidagi kam ta’minlangan aholi yashaydigan hududlarda joylashgan maktablarda boshlangan. O‘qituvchilar yetishmasligi va maktab binolarining ayanchli ahvolidan norozilik tez orada tengsizlik, davlat xarajatlarining yetarli emasligi hamda aholi turmush darajasining pasayishiga qarshi umummilliy harakatga aylangan.