Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ozarbayjon maktab darsliklarida bosqinchi Isroil ijobiy talqin qilindi

Ozarbayjon maktab darsliklarida bosqinchi Isroil ijobiy talqin qilindi

Ozarbayjon hukumati maktab darsliklariga isroil ishg‘olini ijobiy talqin qilgan birinchi musulmon davlati bo‘ldi. O‘quv adabiyotlaridan bosib olingan Falastin xaritalari va Yosir Arofat haqidagi ma’lumotlar olib tashlandi. Shuningdek, Falastin qarshilik harakatlari "terrorchilar" sifatida talqin qilindi.

Bundan tashqari, ozar yoshlariga Isroilning texnologik taraqqiyoti va qishloq xo‘jaligidagi innovasiyalari xalqaro hamkorlikning namunasi sifatida taqdim etilmoqda. Darsliklarga Xolokost haqidagi ma’lumotlar va antisemitizm ta’rifi ham kiritilgan.

Bu o‘zgarishlar ortida ishg‘olchilar tomonidan falastinliklarga qarshi oshkora sodir etilgan jinoyatlardan ko‘z yumish va hukumatning musulmonlarni aldashga urinishi yotgani shubhasiz.

Kiritildi: 19:42 17.02.2025. O'qildi: 1806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!