“Va shu bilan birga u AQSh davlat departamenti va MRBning qator yuqori mansabdor shaxslari bilan juda yaqin munosabatlarda bo‘lgan. Ehtimol uning qo‘lida qandaydir uyatli komprmat bo‘lgan va undan ma’lum bir chet davlat manfaatida foydalanish mumkin bo‘lgan...
So‘nggi vaqtda bizning jamiyatda bu haqida ochiq gapirish qandaydir “taqiqlangan mavzuga” aylanib qolmoqda. Lekin bizning so‘rashga haqqimiz bor. Chunki biz qul emasmiz, biz erkin fuqarolarmiz. Bu bizning huquqimiz.
Aytinglar ochiq, o‘zi biror nima bo‘lganmi yoki yo‘qmi”, - dedi taniqli jurnalist TPUSA sammitida talabalar oldida so‘zlagan nutqida.
J.Epshteyn AQShning qator boylari, mansabdor shaxslari voyaga yetmaganlar orasida jinsiy yaqinliklar tashkil etishda ayblanib hibsga olingan va qamoqxonada vafot etgan. Ushbu ish tafsilotlari maxfiylashtirilgan.
Tramp prezident bo‘lsa, ularni ochiqlashni va’da bergan edi, lekin bu haligacha amalga oshmadi.