So‘nggi 5 yil ichida Yevropaning top-5 ligalarida har mavsum kamida 20 ta gol urib kelayotgan faqat ikki futbolchi bor. Ular — Kilian Mbappe va Erling Xoland.
Shanba kuni «Real» hujumchisi Mbappe «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi (2:1). U joriy La Liga mavsumida 26 o‘yinda 20 ta gol va 3 ta assistga ega. Mbappe "PSJ" safida fransiya chempionatining so‘nggi 4 mavsumida quyidagicha gollar urgandi:
2023/24 – 27 gol.
2022/23 – 29 gol
2021/22 – 28 gol
2020/21 – 27 gol.
Xoland esa kecha «Brayton»ga qarshi o‘yinda penaltidan gol urdi (2:2). «Manchester Siti» hujumchisi joriy APL mavsumida 28 o‘yinda 21 ta gol va 3 ta assist bilan harakat qilmoqda. Xolandning avvalgi 4 mavsumdagi statistikasi quyidagicha:
2023/24 (APL, "Manchester Siti") – 27 gol.
2022/23 (APL, "Manchester Siti") – 36 gol
2021/22 (Bundesliga, "Borussiya Dortmund") – 22 gol
2020/21 (Bundesliga, "Borussiya Dortmund") – 27 gol