Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ota-onalar uchun qo‘shimcha ta’til beriladi

Ota-onalar uchun qo‘shimcha ta’til beriladi

4 noyabrdan maktablarda kuzgi ta’til boshlanmoqda. Farzandlar ta’tilda bo‘lgan paytda ular bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni istagan ota-onalar uchun qonunchilikda imkoniyatlar belgilangan.

Mehnat kodeksining 401 va 402-moddalariga ko‘ra, ayrim toifadagi ota-onalar har yili qo‘shimcha ta’til olish huquqiga ega.

Kimlar foydalanishi mumkin? 12 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq farzandi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan farzandi bor ota-onalardan biri (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxs).

Qanday ta’tillar beriladi? Har yili kamida 4 kalendar kun haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til.
Ota-onalardan birining xohishiga ko‘ra, har yili 14 kalendar kungacha ish haqi saqlanmaydigan ta’til.

Muhim jihatlar:
▫️Ushbu ta’tillar yillik mehnat ta’tiliga qo‘shib yoki ish beruvchi bilan kelishilgan holda alohida (to‘liq yoki qismlarga bo‘lib) olinishi mumkin.
▫️Ta’tillardan faqat tegishli ish yili davomida foydalaniladi. Foydalanilmagan ta’tillar keyingi ish yiliga ko‘chirilmaydi.
▫️Haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til pulli kompensasiyasi bilan almashtirilmaydi.

Kiritildi: 15:52 03.11.2026. O'qildi: 565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!