Osiyo Taraqqiyot banki Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (MOMIH)-2 koridorining asosiy qismini modernizasiya qilish loyihasini tasdiqladi.
Loyiha doirasida A-380 yo‘lining qariyb 87 km yangilanadi, jumladan To‘rtko‘l-Ellikqal’a-Beruniy yangi aylanma yo‘li quriladi. Intellektual transport tizimlari joriy etilib, yuk mashinalari vaznini nazorat qilish, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari bo‘lgan dam olish joylari yaratiladi.
Loyihaning umumiy qiymati qariyb $294 mln bo‘lib, shundan OTB hissasi $233,1 mln tashkil qiladi.