Bugun 10 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Orzuga ayb yo‘q: Tramp qayerlarni AQShga qo‘shmoqchi?

Orzuga ayb yo‘q: Tramp qayerlarni AQShga qo‘shmoqchi?

Tramp Kanada, Meksika, Islandiya, Grenlandiya, Kuba va Panamani AQShga qo‘shishni orzu qilmoqda.

Donald Tramp yana bir bor AQShga qo‘shib olingan qo‘shni davlatlar tasvirlangan geografik xaritani namoyish qildi. Bu safar AQSh prezidenti o‘z ambisiyalarini yanada kengaytirib, Kanada, Meksika, shuningdek, Markaziy Amerika va Karib havzasi mamlakatlarini ham «qo‘shib oldi». Rasm ustiga katta harflar bilan «United States of America!» deb yozilgan. Daniyaga qarashli Grenlandiya ham yulduzlar va yo‘l-yo‘l chiziqlar bilan bezatilgan. Bu safar xaritada Islandiya ham AQSh tarkibida ko‘rsatilgan.

Ko‘rinishidan, respublikachi Tramp yana dunyoning yarmini «troll» qilmoqda. Uning tarafdorlari orasida ancha mashhur bo‘lgan «Buyuk Amerika» xaritalari qo‘shni davlatlarda, ayniqsa Kanadada norozilik uyg‘otdi. Tramp avvalroq Kanadani «AQShning 51-shtati», uning bosh vazirini esa «gubernator» deb atagan edi.

Grenlandiya va Kopengagenda ham norozilik bildirildi. Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen yana bir bor grenlandiyaliklar AQSh tarkibiga qo‘shilishni istamasligini ta’kidladi.

Islandiyaliklar ham xaritaga hayrat va norozilik bilan munosabat bildirdi. Islandiya tashqi ishlar vaziri Torgerdyur Gunnarsdottir AQShning Islandiyadagi elchisi Billi Longni Tashqi ishlar vazirligiga chaqirdi. Reykyavikda xarita «mutlaqo nomaqbul» ekani ta’kidlandi.

So‘nggi vaqtlarda Trampning xaritalar orqali «trolling»i geografik nomlarni o‘zgartirish bilan ham bog‘liq bo‘lmoqda. Ontario ko‘li «Amerika ko‘li» deb qayta nomlanganidan so‘ng u AQShning Nyu-Meksiko shtati «Nyu-Amerika»ga aylantirilgan xaritalarni ham e’lon qildi. Tramp bu g‘oyani «nufuzli va ajoyib» deb atadi.

AQSh prezidenti neft savdosi uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Hurmuz bo‘g‘ozini ham «Tramp bo‘g‘ozi» deb qayta nomlashni taklif qildi. Shundan so‘ng u bo‘g‘ozni AQSh hududi deb e’lon qilish g‘oyasini ham ilgari surdi.

Kiritildi: 21:18 09.09.2026. O'qildi: 484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!