Bugun 17 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Oreliya Bushez xonimni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida

Oreliya Bushez xonimni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish va chuqurlashtirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi, siyosiy muloqot va davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sayyohlik, ilmiy-texnikaviy sohalarda o‘zaro manfaatli qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, mamlakatimizning global va mintaqaviy tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlash borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, xalqlarimiz orasida do‘stlik rishtalari, hamjihatlik va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi amaliy sa’y-harakatlari uchun Fransiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez xonim O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

SH.Mirziyoyev

Kiritildi: 16:54 14.08.2025. O'qildi: 648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!