Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Oq uy Rossiyada o‘latga gumon qilingan holatni kuzatmoqda

Oq uy Rossiyada o‘latga gumon qilingan holatni kuzatmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiyada o‘lat tarqalayotgani haqidagi xabarlardan xabardor. Bu haqda Oq uy vakili Axios nashriga ma’lum qildi.

Uning aytishicha, AQSh ma’muriyati vaziyatni kuzatmoqda va ehtimoliy choralarni ko‘rib chiqmoqda.

2 oktyabr kuni OAV 28 yoshli Darya Shipilova Irkutsk viloyatidagi Shelexov tumani shifoxonasida o‘pka o‘latidan vafot etgani haqida xabar berdi. U o‘latga qarshi kurash institutida laborant bo‘lib ishlagan.

Rossiya rasmiylari bu ma’lumotni tasdiqlamadi. Rospotrebnadzor Irkutsk viloyati, Irkutsk va Shelexovda sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror ekanini bildirdi.

4 oktyabr kuni “Lyudi Baykala” nashri Irkutskdagi bir nechta shifoxonada uch haftalik karantin joriy etilgani haqida xabar berdi. Nashr manbasiga ko‘ra, shifokorlar o‘lat haqida gapira boshlagan, ammo rasmiy hujjatlarda bu tashxis qayd etilmagan.

Shipilova 29 sentyabr kuni shifoxonaga yotqizilgan va ikki kundan keyin vafot etgan. OAV uning kasallikni Tailanddan qaytganidan keyin yuqtirgani haqida yozdi. Boshqa versiyaga ko‘ra, u tasodifan o‘lat qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan probirkani sindirib qo‘ygan.

Kiritildi: 15:56 05.10.2026. O'qildi: 861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!