Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Oq uy rahbariga Eronga yangi zarbalar berish variantlari taqdim etildi

Oq uy rahbariga Eronga yangi zarbalar berish variantlari taqdim etildi

AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) qo‘mondoni, admiral Bredli Kuper AQSh prezidenti Donald Trampga Eronga zarba berishning ehtimoliy variantlari bo‘yicha hisobot taqdim etdi.

The Wall Street Journal (WSJ) gazetasi xabar berishicha, uchrashuv payshanba kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, muhokamada AQSh harbiy vaziri Pit Xegset va Qurolli kuchlar Bosh shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi, general Den Keyn ham ishtirok etgan.

Gazeta ta’kidlashicha, Kuper Trampga harbiy rejalar bo‘yicha shaxsan hisobotni juda kam hollarda taqdim etadi. WSJ baholashicha, mazkur uchrashuv Vashington Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy operasiya boshlash imkoniyatini tobora jiddiyroq ko‘rib chiqayotganidan dalolat berishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 10:10. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!