Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Opta Chempionlar ligasining asosiy favoritini e’lon qildi

Opta Chempionlar ligasining asosiy favoritini e’lon qildi

Opta superkompyuteri 2026/27 yilgi Chempionlar ligasi yakunlari bo‘yicha prognozini taqdim etdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, musobaqaning asosiy favoriti "Arsenal" hisoblanadi. London klubining chempion bo‘lish ehtimoli 21,2 foiz deb baholangan.

Mikel Arteta jamoasining asosiy raqibi sifatida "Bavariya" ko‘rsatilgan. Myunxenliklarning g‘alaba ehtimoli 19,9 foizni tashkil qiladi.

Uchinchi o‘rinda "Manchester Siti" — 12 foiz. Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi "Pari Sen-Jermen" esa 7,7 foizlik ko‘rsatkich bilan to‘rtinchi o‘rinda.

Keyingi o‘rinlarda "Barselona" — 7 foiz, "Real" — 5,1 foiz, "Liverpul" — 5,1 foiz, "Manchester Yunayted" — 3,7 foiz, "Inter" — 3,4 foiz va "Aston Villa" — 2 foiz bilan joylashgan.

Prognozni tayyorlash uchun Opta superkompyuteri mavsumni 10 ming marta simulyasiya qilgan.

O‘tgan yili ham Opta asosiy favorit sifatida "Liverpul"ni ko‘rsatgan edi, ammo ingliz klubi chorak finalda "PSJ"ga imkoniyatni boy bergan.

Kiritildi: 23:46 04.09.2026. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!