Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

"Oltin to‘p"ga portugaliyalik futbolchi asosiy da’vogarga aylandi

"Oltin to‘p"ga portugaliyalik futbolchi asosiy da’vogarga aylandi

TNT Sports tahlilchilari 2025 yilgi "Oltin to‘p"ga da’vogarlar reytingini taqdim etdi. Manbaga ko‘ra, birinchi o‘rinni Fransiyaning "PSJ" klubi va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Vitinya egallab turibdi.

Ikkinchi pog‘onada portugaliyalikning jamoadoshi - fransiyalik hujumchi Usmon Dembele joylashgan. Nufuzli individual sovrin uchun asosiy da’vogarlar uchligini Ispaniya terma jamoasi va Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Lamin Yamal yakunlab berdi.

"Oltin to‘p" uchun da’vogarlar o‘nligiga Rafinya, Nunu Mendesh, Ashraf Hakimiy, Muhammad Saloh, Janluiji Donnarumma, Kilian Mbappe va Xvicha Kvarasxeliya ham kiritilgan.

O‘tgan yili ushbu sovrinni "Manchester Siti"dan ispaniyalik Rodri olgan edi.

Kiritildi: 15:37 22.06.2025. O'qildi: 1942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!