Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Qurolli Kuchlar harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni Kanat Niyazbekov, mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Bosh shtab boshlig‘i Kanish Abubakirov va mudofaa vaziri o‘rinbosari Almaz Jumayekovlarni lavozimidan ozod qildi.
Bu qarorlar 27 sentyabr kuni mudofaa vaziri Dauren Kosanovning iste’foga chiqarilganidan keyin qabul qilindi. Kosanov bu lavozimni 2025 yil iyunidan egallab kelgan edi.
Kadrlar almashinuvi Mangistau viloyatida Kaspiy dengizida o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlar vaqtida 14 nafar qozog‘istonlik harbiy xizmatchining halok bo‘lganidan keyin amalga oshirildi.
Fojiadan so‘ng Toqayev Mudofaa vazirligi rahbariyatiga 10 kun ichida «tub harbiy islohot» rejasini ishlab chiqishni topshirgan.