Bugun 15 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Oliy ta’lim muassasalari xodimlari qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi

Oliy ta’lim muassasalari xodimlari qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish pul mukofotlari ko‘rinishida, shuningdek, mehnat faoliyatida yuqori ijodiy va ishlab chiqarishdagi erishgan yutuqlari uchun oliy ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan asosiy ish haqiga ustama va qo‘shimcha haqlar belgilash orqali byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.

Pul mukofotlari, ustamalar va qo‘shimcha haqlar miqdori har bir xodimning oliy ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qo‘shgan shaxsiy hissasiga qarab belgilanadi.

To‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 30 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismi — ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilar tarkibi va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga sarflanishi mumkin.

Kiritildi: 17:31 27.08.2020. O'qildi: 2480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!