Bugun 16 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rasmiy munosabat "Voqea sodir bo‘lgan vaqtda xonada boshqa shaxslar ham bo‘lgan..."

Rasmiy munosabat "Voqea sodir bo‘lgan vaqtda xonada boshqa shaxslar ham bo‘lgan..."

2025 yil 13 aprel kuni Turkiya OAV va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarosi o‘z turmush o‘rtog‘ini iqtisodiy muammolar sababli o‘ldirgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi, fuqaroning yaqin qarindoshi — xususan, xolasi bergan ma’lumotlariga tayangan holda quyidagilarni ma’lum qiladi:

Haqiqatan ham, vatandoshimiz mazkur voqea yuzasidan gumonlanuvchi sifatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra:

▪️ Vafot etgan Turkiya fuqarosi spirtli ichimlik iste’mol qilgan;

▪️ U o‘zbekistonlik turmush o‘rtog‘iga nisbatan muntazam ravishda jismoniy va ruhiy bosim o‘tkazib kelgan.

Voqea sodir bo‘lgan vaqtda xonada boshqa shaxslar ham bo‘lgan. Dastlabki tergovga ko‘ra, marhum ayolni bo‘g‘ayotgan paytda orqa tomondan pichoq bilan jarohatlangan. Bu esa uni boshqa shaxs tomonidan pichoqlangan bo‘lishi ehtimolini istisno etmaydi.

Hozirda vatandoshimizga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda va unga advokat biriktirilgan.

Mazkur holat Bosh konsulxona tomonidan nazoratga olingan, deyiladi O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabarida.

Kiritildi: 13:26 15.04.2025. O'qildi: 2130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!