"Arsenal" yarim himoyachisi Jorjinyo Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan Ispaniyaning "Real" jamoasiga qarshi javob o‘yinini jarohat tufayli o‘tkazib yuboradi.
Jorjinyo o‘tgan shanba kuni APL doirasida "Arsenal"ning "Brentford"ga (1:1) qarshi o‘yinida "Emireyts" maydonini erta tark etdi.
O‘shanda "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta beshta o‘zgarishning barchasidan foydalanib bo‘lgandi, shu bois "kanonirlar" o‘yinni 10 kishi bo‘lib yakunladi.
BBC xabariga ko‘ra, 33 yoshli Jorjinyoning qovurg‘asidan jarohat olgani gumon qilinmoqda, shu bois tajribali futbolchi "Arsenal"ga "Bernabeu"da yordam bermaydi.
Shu bilan birga, "Arsenal"ning yana bir yarim himoyachisi Tomas Parti jarohat olib, shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.