Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Olimlar ilk bor SI yordamida tabiatda hech qachon mavjud bo‘lmagan yangi viruslarni yaratdi

Olimlar ilk bor SI yordamida tabiatda hech qachon mavjud bo‘lmagan yangi viruslarni yaratdi

Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.

​Stenford universiteti va "Arc Institute" tadqiqotchilari bakteriyalarni zararlaydigan viruslar (bakteriofaglar) genomini ishlab chiqish uchun sun’iy intellekt modelidan foydalandi. Yuz minglab variantlar orasidan 16 ta yangi virus yashovchan bo‘lib chiqdi.

​Ishlab chiquvchilar ushbu viruslar insonni zararlash xususiyatiga ega emasligini va antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga qarshi kurashishda qo‘llanilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Biroq ekspertlar bu texnologiya yanada xavfli patogenlarni yaratishga yo‘l ochishi va yangi biologik xavfsizlik mexanizmlarini talab qilishidan ogohlantirmoqda.

Kiritildi: 12:51 08.08.2026. O'qildi: 855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!