Bugun 1 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Oksford talabalari O‘zbekistonda o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganadi

Oksford talabalari O‘zbekistonda o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganadi

Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘tgan yili Oksford universitetiga tashrifi chog‘ida O‘zbekshunoslik dasturining ochilishida ishtirok etgan edi.

Endi dasturning navbatdagi bosqichi O‘zbekistonda davom etadi. Bugun Oksforddan kelgan talabalar ishtirokida bir oylik yozgi maktabga start berildi.

Talabalar o‘zbek tilini o‘rganish bilan birga, Toshkent, Samarqand va Buxoroga safar qilib, O‘zbekiston tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishadi.

Eng muhimi, bu tashabbus orqali O‘zbekistonni dunyoga bevosita tanitishning yana bir akademik ko‘prigi shakllanmoqda.

Kiritildi: 23:48 31.08.2026. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!