Bugun 1 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Mourinyo Messiga ta’sirli murojaat yo‘lladi

Mourinyo Messiga ta’sirli murojaat yo‘lladi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan Lionel Messiga murojaat qildi.

«Inter Mayami»ning 39 yoshli futbolchisi dushanba kuni milliy jamoadan ketishini rasman e’lon qildi. Portugaliyalik mutaxassis Messining ijtimoiy tarmoqdagi xayrlashuv postiga munosabat bildirdi.

«Yorqin va unutilmas xalqaro faoliyating bilan tabriklayman. Sensiz Amerika Kubogi ham, Jahon chempionati ham endi avvalgidek bo‘lmaydi», — deb yozdi Mourinyo.

Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasi safida 2005 yildan buyon to‘p tepib keldi.

U 2022 yilda «albiseleste» bilan Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. 2026 yilgi mundialda esa Argentina termasi bilan finalga qadar yetib bordi.

Kiritildi: Bugun 12:12. O'qildi: 705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!